ShHT-2022: Samarqand sammiti

Mirziyoyev Toshkentda Mintaqalararo o‘zaro bog‘liqlik markazini tashkil etishni taklif qildi

Transport va kommunikatsiyalar sohasidagi barcha istiqbolli loyihalarni kelgusi yili O‘zbekistonda ShHT Birinchi transport forumi doirasida muhokama qilish kutilmoqda - tafsilotlar.
Sputnik
TOShKENT, 16 sen — Sputnik. Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan Davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishida Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida Mintaqalararo o‘zaro bog‘liqlik markazini tashkil etishni taklif qildi.
Prezident bugun qabul qilinayotgan ShHTning O‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash va samarali transport yo‘laklarini yaratish konsepsiyasini amaliyotga tatbiq etish maqsadida Birlashgan Millatlar Tashkilotining qo‘llab-quvvatlashi ostida markaz tashkil etishni taklif qildi.
Shuningdek, sammit doirasida Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi to‘g‘risida uch tomonlama Bitimning imzolanishini tarixiy voqea deya baholab, Shavkat Mirziyoyev strategik jihatdan yana bir muhim loyiha – Termiz–Mozori Sharif-Kobul–Peshovar temir yo‘li koridori qurilishini ham qo‘llab–quvvatlashga chaqirdi.
Transport va kommunikatsiyalar sohasidagi barcha istiqbolli loyihalarni kelgusi yili O‘zbekistonda ShHT Birinchi transport forumi doirasida muhokama qilish mumkinligi ta’kidlandi.