ShHT-2022: Samarqand sammiti

Nikol Pashinyan Samarqanddagi ShHT sammitida qatnashmaydi

Nikol Pashinyan Armanistondagi vaziyat tufayli Samarqanddagi ShHT sammitida qatnashmaydi.
Sputnik
Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Armanistondagi vaziyat tufayli Samarqanddagi ShHT sammitida qatnashmaydi
Bu haqda SputnikArmenia’ga hukumat matbuot xizmati xabar berdi.
13 sentabrga o‘tar kechasi Ozarbayjon armiyasi Armanistonning Tog‘li Qorabog‘ bilan chegaradosh viloyatlariga hujum qilgandi.
Bokuda ta’kidlanishicha, bu operatsiya - yo‘llarni minalashtirilishiga javob chorasi bo‘lib, uning maqsadi - Yerevanni tinchlik shartnomasini imzolashga undashdir.
Yerevan ayblovlarni rad etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Samarqandda 15-16 sentabr kunlari O‘zbekiston raisligida ShHT Davlat rahbarlari kengashining 22-majlisi tadbirlari bo‘lib o‘tadi.
Sammit ishida ShHTga a’zo mamlakatlar – Pokiston, Rossiya, Tojikiston, Xitoy, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Hindiston, shuningdek, tashkilot huzuridagi kuzatuvchi davlatlar – Belarus, Mo‘g‘uliston va Eron yetakchilari ishtirok etadi.
Faxriy mehmon sifatida Turkiya, Ozarbayjon, Turkmaniston va Armaniston , shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, boshqa nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlari taklif etilgan.