TOShKENT, 12 sen — Sputnik. Qimmatli qog‘ozlar to‘g‘risdagi qonunchilik hujjatlariga tegishli o‘zgartrish va qo‘shimchalar kiritildi. Hujjatlar Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan, deya xabar berdi Moliya vazirligi matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, “Qimmatli qog‘ozlar bozori mutaxassislarining malakasini oshirish, ularni qayta tayyorlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi buyrug‘iga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi buyruqqa quyidagicha o‘zgartirishlar kiritilgan:
ta’lim faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik haqida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasini xabardor qilish uchun xabarnomalar yuborish va xabarnoma qabul qilinganligi to‘g‘risida tasdiqnomalar olish va investitsiya maslahatchisi sifatidagi faoliyatni boshlaganlik yoki tugatganlik haqida qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organini xabardor qilish uchun xabarnomalar yuborish va xabarnoma qabul qilinganligi to‘g‘risida tasdiqnomalar olish;
mazkur nizom 9-bandining “g” kichik bandidagi “pasport ma’lumotlari” degan so‘zlar “pasport ma’lumotlari yoki identifikatsiya ID-karta ma’lumotlari” degan so‘zlar bilan almashtirildi.
Shuningdek, “Qimmatli qog‘ozlar emissiyasi va emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar chiqarilishlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risidagi buyrug‘iga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida"gi buyruqqa quyidagicha o‘zgartirishlar kiritilgan:
- ushbu qoidalarning 8-bandida joylashtirilgan imtiyozli aksiyalarning nominal qiymati jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) yigirma besh foizidan oshmasligi belgilandi;
- shuningdek, seriyali obligatsiyalar chiqarilish bo‘yicha tegishli qo‘shimchalar kiritildi.