TOShKENT, 11 sen — Sputnik. Bugun Toshkentdan Termizga uchgan samolyot noqulay ob-havo sharoiti tufayli o‘z yo‘nalishini o‘zgartirdi. Bu haqda “Uzbekistan Airways” AJ matbuot xizmati xabar berdi.
“Uzbekistan Airways” AJ matbuot xizmati 2022-yilning 11-sentabr kuni HY-065 Toshkent–Termiz yo‘nalishi bo‘yicha aviaqatnovi Termiz shahridagi ob-havo sharoiti (kuchli qum shamoli) tufayli o‘z yo‘nalishini o‘zgartirdi. Havo kemasi Buxoro xalqaro aeroportiga qo‘ndi”, - deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, hozirda 124 nafar yo‘lovchi Buxoro xalqaro aeroportida bo‘lib turibdi.
Termiz shahrida ob-havo o‘zgarishi bilan HY-065 aviaqatnovi belgilangan yo‘nalish bo‘yicha amalga oshiriladi.