TOShKENT, 8 sen — Sputnik. Rossiyaning “Yamal” aviakompaniyasi Moskvadan Toshkent va Namanganga yangi reyslarni yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda Domodedovo aeroporti matbuot xizmati xabar berdi.
Moskva-Toshkent yo‘nalishidagi parvozlar 14-sentabrdan boshlanadi. Reyslar haftasiga ikki marta – dushanba va chorshanba kunlari bajariladi.
Moskva-Namangan aviaqatnovi 17-sentabrdan yo‘lga qo‘yiladi va har shanba kuni amalga oshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning“Utair”aviakompaniyasi Ufadan Toshkentga yangi reyslarni yo‘lga qo‘ygani xabar qilingan edi.