Bu qiziq

Shifokor qaysi holatda baqlajon iste’mol qilish mumkin emasligini aytdi

Parhezshunosning aytishicha, autoimmun kasalliklarda kamroq baqlajon iste’mol qilish lozim
Sputnik
Tibbiyot fanlari doktori, parhezshunos Margarita Korolovaning aytishicha, autoimmun kasalliklarida baqlajonni ko‘p iste’mol qilish mumkin emas. Autoimmun kasalliklariga tireoidit, shuningdek, bo‘g‘imlar va ichak kasalliklari kiradi. Allergiyada baqlajonni umuman kamroq iste’mol qilmagan ma’qul.
Baqlajon tarkibidagi moddalar yallig‘lantiruvchi xususiyatlarga ega. Ichak kasalliklarida baqlajon urug‘lari shikastlangan joyga kirib, ichak salomatligiga salbiy ta’sir qilishi mumkin.
Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, ituzumdoshlar oilasiga mansub har qanday sabzavotlar (baqlajon, pomidor, bulg‘or qalampiri) agar muntazam iste’mol qilinsa, yallig‘lanish kasalliklariga sabab bo‘lishi mumkin.