O‘zbekiston “World Construction Championship” qurilish chempionatida ishtirok etadi

U Rossiya va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlarining qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasidagi iqtisodiy integratsiyasini kengaytirish maqsadida o‘tkazilmoqda
Sputnik
TOShKENT, 7 sen — Sputnik. 7-oktabr kuni Qozonda (Tatariston) II Xalqaro qurilish chempionati (World Construction Championship) doirasida qurilishga oid hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo kengashning majlisi bo‘lib o‘tadi.
Bu haqda Sputnik muxbiriga II Xalqaro qurilish chempionati tashkilot qo‘mitasi ma’lum qildi.
Majlisda MDHga a’zo mamlakatlar - Rossiya, Armaniston, Ozarbayjon, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iston, Tojikiston, Turkmaniston – qurilish vazirliklari va idoralari rahbari hamda MDH Ijroiya qo‘mitasi vakillari qatnashishadi.
Unda qurilishning dolzarb muammolari, jumladan, qurilish sohasi strategiyasini rivojlantirish va soha narx belgilanishi tizimini takomillashtirish, YeOIIning “Qurilish materiallari va mahsulotlarini xavfsizligi to‘g‘risidagi” texnik reglamenti loyihasini ishlab chiqish bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqish rejalashtirilgan.
Sanoat sohasidagi II Xalqaro professional mohirlik chempionati (World Construction Championship) Rossiya va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlarining qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasidagi iqtisodiy integratsiyasini kengaytirish maqsadida o‘tkazilmoqda.
Bu yilgi chempionatda 27 ta mamlakat vakillari ishtirok etishadi.
Chempionat g‘oliblari asosiy mukofotdan tashqari Rossiya bo‘ylab sayohat qilish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Bu “Rossiya — strana vozmojnostey” (Rossiya – imkoniyatlar mamlakati) muxtor notijorat tashkilotning maxsus mukofoti.
Tadbir 2020-yil fevralida Rossiya Qurilish vazirligi va “Rosatom” davlat korporatsiyasi tomonidan ta’sis etilgan. Birinchi chempionat 2021-yili Sochida bo‘lib o‘tgan.