Inson ratsionida ham dengiz ham daryo baliqlari bo‘lishi kerak, chunki ularning tarkibi va foydali xususiyatlari turlicha, deydi diyetolog, terapevt, Rossiya diyetologlari va oziq-ovqat sanoati mutaxassislari ittifoqi a’zosi Aleksandra Razarenova.
"Daryo baliqlarida yod va "D" vitamini kamroq, ammo ularda "B" guruhi vitaminlari, magniy va temir ko‘proq. Dengiz baliqlari ko‘pincha yog‘li, omega-3, omega-6 va antioksidantlarga boy, ularda yod ko‘proq. Xullas, ham daryo ham dengiz baliqlari organizm uchun foydali, asosiysi, baliq ekologik toza suv havzalarida tutilgan bo‘lsa bo‘ldi”, - deya qo‘shimcha qildi Aleksandra Razarenova.
Oziqlantirish mutaxassisi baliqni tanlashda uning yog‘liligiga e’tibor berishni maslahat beradi.
"Kaloriyasiz diyetaga rioya qilganlar baliqning qizil navlarini (dengiz ham, daryo ham, - tahr.) suiiste’mol qilmasliklari kerak, chunki ular yog‘liroq va to‘yimliroq. Lekin kishi har doim ham faqat baliqning kam kaloriyali "oq" navlardan foydalanmasligi kerak. Chunki ularda foydali yog‘ kislotalari kamroq bo‘ladi. Eng yaxshisi - har xil turdagi baliqlarni, yog‘li va yog‘sizlarini navbat bilan iste’mol qilgan ma’qul", - deb tavsiya qiladi Aleksandra Razarenova.
Dengiz baliqlarini sotib olayotganda, shok muzlatilganlarini tanlash ma’qul, deydi mutaxassis.
“Qo‘lga olingan baliq to‘g‘ridan-to‘g‘ri kemada yoki eng yaqin qirg‘oq zonasida kuchli havo oqimi va minus 30 gradusgacha bo‘lgan haroratli muzlatgichlarda muzlatilgan bo‘lsa, baliq ko‘proq foydali xususiyatlarini, to‘qima tuzilishi va ta’mini saqlab qoladi, - dedi Aleksandra Razarenova. - Lekin shuncha muz ustida saqlangan baliqdan men ehtiyot bo‘lgan bo‘lardim. Ayniqsa siz qirg‘oqdan uzoqda yashasangiz".
Daryo baliqlariga ehtiyotkorlik bilan issiqlik bilan ishlov berish kerak, chunki chuchuk suv - gelmintlar uchun ideal ko‘payish joyidir, deb ogohlantirdi shifokor. Ushbu mahsulotni faqat ishonchli yetkazib beruvchilardan sotib olish kerak va yaxshilab termal ishlov berilganidan so‘ng itse’mol qilish kerak, dedi u.