TOShKENT, 6 sen - Sputnik. Kobuldagi elchixonasi yonida sodir etilgan terakt - Rossiyaning Tolibon* bilan munosabatlarni buzishga qaratilgan provokatsiya, dedi harbiy-siyosiy tahlilchi, afg‘on inqirozi bo‘yicha mutaxassis Vasiliy Kravsov Sputnik Afg‘oniston nashriga.
️Ushbu terakt Rossiya-Afg‘oniston munosabatlariga qarshi provokatsiya hisoblanadi. Provokatsiya oldindan tayyorlangan, uning uchun bahona qidirilgan va topilgan. Arzimagan sabab tufayli janjal avj oldirildi va go‘yoki “haqiqiy musulmonlar” nomidan terakt sodir etildi. ️Bu haqida ushbu hujumni amalga oshirgan terrorchi guruhning o‘zi e’lon qildi.
Aslida esa ushbu hujum Rossiya va Afg‘oniston o‘rtasida erishilgan siyosiy, savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha kelishuvlarni buzishga qaratilgan. Rossiya dushmanlarining fikriga ko‘ra, Afg‘onistonda Rossiya uchun joy yo‘q. Rossiya ularning rejalari va harakatlariga xalal bermasligi kerak.
Eslatib o‘tamiz, kecha 5-sentabr kuni Rossiyaning Kobuldagi elchixonasi darvozasi yonida xudkush terrorchi o‘zini o‘zi portlatib yuborishi oqibatida 2 nafar Rossiya elchixonasi xodimi hamda 4 nafar mahalliy aholi vakillari qurbon bo‘ldi, yana 10 kishi turli jarohalar bilan shifoxonaga olib borilgan.
Eshbu terakt sodir bo‘lganidan so‘ng, Tolibon* tashqi ishlar vaziri Amir-xan Muttaki Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovga shaxsan qo‘ng‘iroq qilgan va elchixona xodimlarining vafot etgani munosabati bilan hamdardlik bildirgan. Shuningdek Tolibon* vakili ushbu jinoyat xalqaro terrorchi guruhlar ishi ekanini ta’kidlab, uning Rossiya - Afg‘oniston munosabatlarda aks etmasligiga umid bildirgan.
Ma’lumot uchun, Afg‘onistonda ️2021 yil 15-avgustda sodir bo‘lgan inqilobdan buyon Rossiya tolibon* bilan konstruktiv hamkorlik qilib kelmoqda. Bu, albatta, amerikaliklar va inglizlarni bezovta qiladi. Joriy yilda Rossiya va Afg‘oniston o‘rtasidagi hamkorlik savdo vaziri Nuriddin Aziziyning tashrifi natijasida erishilgan aniq kelishuvlar, jumladan, barter bitimlari xarakterini oldi. Tabiiyki, bu Rossiyaning Afg‘onistondagi dushmanlarini yanada g‘azablantirmoqda.
* tashkilot terrorchilik faoliyati uchun BMT sanksiyalari ostida