Turkmaniston Turkiyadan o‘z fuqarolari uchun viza rejimi joriy etishni so‘radi

Turkmanistonliklarga Turkiyada 30 kungacha vizasiz rejim bekor qilinishi mumkin.
Sputnik
TOShKENT, 5 sen — Sputnik. Turkmaniston hukumati Turkiya tomonidan o‘z fuqarolariga viza rejimini joriy etishni so‘radi. Bu haqida Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.
Rasmiy bayonotda qayd etilishicha, Turkmaniston mamlakat fuqarolarining Turkiyada bo‘lish qoidalarini takomillashtirish va tizimli asosda saqlash maqsadida Turkiya davlatiga o‘z fuqarolari uchun turli toifadagi viza rejimini vaqtinchalik joriy etish iltimosi bilan murojaat qilgan.
Ma’lumot uchun, turkmanistonliklarga aksariyat musulmon davlatlari kabi Turkiya hududida 30 kungacha vizasiz rejim joriy qilingan.