Kobuldagi terakt oqibatida Rossiya elchixonasining ikki xodimi halok bo‘ldi

Rossiyaning Kobuldagi elchixonasi konsullik bo‘limiga kirish yaqinida noma’lum jangari portlovchi uskunani harakatga keltirgan.
Sputnik
TOShKENT, 5 sen — Sputnik. Rossiyaning Kobuldagi elchixonasi oldida ro‘y bergan terakt oqibatida Rossiya diplomatik missiyasining ikki nafar xodimi halok bo‘ldi. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 5-sentabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 10:50 da Rossiyaning Kobuldagi elchixonasi konsullik bo‘limiga kirish yaqinida noma’lum jangari portlovchi uskunani harakatga keltirgan.
“Hujum oqibatida diplomatik missiyasining ikki nafar xodimi halok bo‘ldi, Afg‘oniston fuqarolari orasida ham jabrlanganlar bor”, - deyiladi xabarda.
Rossiya TIV elchixona surish tiruv olib borayotgan Afg‘oniston xavfsizlik xizmati bilan yaqin aloqada ekanini qayd etgan.
Rossiyaning Kobuldagi elchixonasi yaqinida portlash yuz berdi