Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Donbass referendum o‘tkazishda yordam so‘rashga haqli – Rossiya TIV

Churov: Lugansk va Donesk xalq respublikalari xalqaro tashkilotlarga tashkiliy-texnik va hatto moliyaviy yordam so‘rab murojaat qilish huquqiga ega.
Sputnik
TOShKENT, 5 sen — Sputnik. Lugansk va Donesk xalq respublikalari, shuningdek, Zaporojye va Xerson viloyatlari referendum o‘tkazishda Rossiyadan, boshqa davlatlardan va xalqaro tashkilotlardan yordam, shu jumladan moliyaviy yordam so‘rashga haqli. Bu haqda Rossiya TIVning maxsus topshiriqlar bo‘yicha elchisi Vladimir Churov RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Saylov va referendumlarda ovoz berishni tashkil etish tegishli hudud hokimiyat organlarining mutlaq vakolatiga kiradi. Ular xalqaro tashkilotlarga, masalan, BMT, YeXHT, shuningdek, ikki tomonlama asosda tashkiliy-texnik yordam va hatto moliyaviy yordam so‘rab murojaat qilish huquqiga ega”, dedi u.
Fevral oyida Rossiya unga qo‘shilish istagini bildirgan DXR va LXRni tan oldi. Shuningdek, tegishli referendumlar o‘tkazish rejalashtirilgan Xerson va Zaporojye viloyatlarida Rossiya tarkibiga kirish istagi e’lon qilindi. Prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov ta’kidlaganidek, Rossiyaga qo‘shilish bo‘yicha referendumlar o‘tkazish ehtimoli Moskvaning emas, balki ushbu mintaqalar aholisining rejalari.