Boks: O‘zbekiston xalqaro musobaqada 6 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik vakillar 6 ta medal, 2 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medaliga sazovor bo‘lishdi.
Sputnik
TOShKENT, 5 sen — Sputnik. Qozog‘istonning Aktau shahrida bo‘lib o‘tgan boks bo‘yicha xalqaro musobaqa o‘zbekistonlik sportchilar 6 ta medalni qo‘lga kiritishdi. Bu haqida O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, qozoq boksi asoschilaridan biri Shokir Boltekuli xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnirda Qozog‘iston, Tailand, Ozarbayjon, Tojikiston, Qirg‘iziston hamda O‘zbekiston mamlakatlaridan 130 nafar bokschi ishtirok etdi.
Musobaqa yakuniga ko‘ra, o‘zbekistonlik vakillar 6 ta medal, 2 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi.
Terma jamoa safida quyidagi bokschilar sovrindor bo‘ldi:
Oltin:
-86 kg: Timur Merjanov
-92 kg: Nusratbek Toxirov
Kumush:
-51 kg: Foziljon Abdumurodov
-92 kg: Abdulla Rajabov
Bronza:
-48 kg: Nodirjon Mirzaxmedov
-67 kg: Bekzod Hamidov