ShHT-2022: Samarqand sammiti

ShHT mamlakatlari inflyuyenserlari O‘zbekiston turizm salohiyatini targ‘ib qilmoqda

Inflyuyenserlar O‘zbekistonning Toshkent, Buxoro va Samarqand shaharlarida bo‘lib, sohadagi o‘zgarishlarga shaxsan guvoh bo‘lganini ta’kidladi.
Sputnik
TOShKENT, 4 sen — Sputnik. Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo mamlakatlarning yetakchi inflyuyenserlari O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Bu haqda Turizm va madaniy meros vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, ular Samarqand shahridagi “Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy meros​ universitetida bosh vazir o‘rinbosari — turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov bilan uchrashgan.
ShHT mamlakatlari inflyuenserlari O‘zbekiston turizm salohiyatini targ‘ib qilishmoqda
Aziz Abduhakimov ular bilan muloqotda O‘zbekistondagi turizm sohasidagi islohotlar hamda ShHT sammiti oldidan Samarqand ruhini aks ettirish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot bergan. Inflyuyenserlar, o‘z o‘rnida, O‘zbekistonning Toshkent, Buxoro va Samarqand shaharlarida bo‘lib, sohadagi o‘zgarishlarga shaxsan guvoh bo‘lganini ta’kidlagan.
ShHT mamlakatlari inflyuenserlari O‘zbekiston turizm salohiyatini targ‘ib qilishmoqda
“Anchadan beri tarixlar chorrahasi hamda ajoyib madaniy merosga ega bo‘lgan ushbu muqaddas zaminda bo‘lishni orzu qilardim. Xalqingizning mehmondo‘stligini-ku, so‘z bilan ta’riflab bo‘lmaydi! O‘zbekiston turizm sohasida ulkan salohiyatga ega. "Ipak yo‘li" xalqaro turizm va madaniy meros universitetining sohaviy ta’limga oid resurslari bilan mavjud kamchiliklar bartaraf qilinishiga shubha yo‘q. Turizm sohasi yildan yilga faqat yaxshi bo‘lishiga ishonaman.
ShHT mamlakatlari inflyuenserlari O‘zbekiston turizm salohiyatini targ‘ib qilishmoqda
Ta’kidlash lozimki, Samarqanddagi logistika bilan ko‘p yutuqlarga erishish mumkin — Buxorgacha 1,5 soat, 2 soat Toshkentgacha poyezdda qatnash, shuningdek, ajoyib yangi aeroport — turizm sohasi uchun bundan yaxshi sharoit bo‘lishi mumkin emas. Umid qilamanki, yaqin orada do‘stlarim bilan birga yana kelamiz, chunki ular hozirdanoq bu yerga qanday borish, nimalarni ko‘rish mumkinligi haqida savollar yo‘llashmoqda”, - deydi Rossiya vakili — Butunjahon peterburgliklar klubi va Rus geografik hamjamiyati a’zosi Vladimir Dervenyov.
ShHT mamlakatlari inflyuenserlari O‘zbekiston turizm salohiyatini targ‘ib qilishmoqda
Shuningdek, u muloqot davomida “Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy meros universiteti kutubxonasiga “Gorod govorit”nomli mualliflik kitobini sovg‘a qilgan. Bundan tashqari, Qirg‘iziston vakili – taniqli bloger Adelet Nogoybayev ham O‘zbekistonga oid taassurotlari bilan o‘rtoqlashgan.
ShHT mamlakatlari inflyuenserlari O‘zbekiston turizm salohiyatini targ‘ib qilishmoqda
“Samarqandga tashrif buyurib, o‘zim uchun yangi bir maskanni kashf etdim. Jumladan, Silk Road Samarqand turizm markazi menda katta taassurot qoldirdi. Go‘yoki O‘zbekistonning ko‘zga ko‘ringan nuqtalarini bir joyga jamlagandek. Ta’kidlashim kerakki, O‘zbekiston har yili turistlar uchun yangi surprizlar tayyorlaydi. Keyingi safar Samarqandga rafiqam bilan kelishni niyat qildim. Chunki bu yerda nafaqat tarixiylik bor, balki madaniyat, san’at, romantika bor. Bu yerda hatto quyosh botishi ham o‘zgacha”,- deydi Nogoybayev.
ShHT mamlakatlari inflyuenserlari O‘zbekiston turizm salohiyatini targ‘ib qilishmoqda
Ma’lumot uchun, xorijlik inflyuyenserlar sayohat davomida O‘zbekiston, xususan, Samarqand haqidagi ijobiy taassurotlarini o‘z platformalariga joylab borishmoqda. Bu esa ShHT sammiti arafasida Samarqandda qilinayotgan ishlar, ShHTda Samarqand ruhi va umuman O‘zbekistonning turizm salohiyatini keng targ‘ib qilishga imkon beradi.
ShHT mamlakatlari inflyuenserlari O‘zbekiston turizm salohiyatini targ‘ib qilishmoqda