Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

ZAESga hujumlar bu yadroviy terrorizm - Shoygu

Kecha Ukraina qo‘shinlari nafaqat Zaporojye atom elektr stansiyasini, balki MAGATE missiyasi a’zolarining harakatlanish yo‘nalishini ham o‘qqa tutgan.
Sputnik
TOShKENT, 2 sen - Sputnik. Ukrainaning Zaporojye atom elektr stansiyasiga bergan zarbalari Yevropada haqiqiy falokat tahdidini keltirib chiqarmoqda, aslida bu yadroviy terrorizm, dedi Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu harbiy doiralar uchun bo‘lib o‘tgan anjumanda.

“Atom elektr stansiyasi obyektlariga hujum qilish orqali Kiyev Yevropada haqiqiy yadroviy falokat tahdidini yaratmoqda. Xalqaro huquqqa ko‘ra, bu yadroviy terrorizmdan boshqa narsa emas”, - dedi vazir.

Uning qo‘shimcha qilishicha, MAGATE mutaxassislari kelganiga qaramay, provokatsiyalar davom etmoqda.
Rossiya, shuningdek, elektr stansiyasini egallab olishga urinishning oldini olgan.
Ma’lumot uchun, MAGATE delegatsiyasining AES hududiga tashrifi katta shov-shuvga sabab bo‘ldi. Tashrifni 70 ga yaqin jurnalistlar yoritmoqda. Jumladan Yevropa davlatlaridan kelganlar ham bor.
MAGATE delegatsiyasi 3-sentabrgacha Zaporoje AESda qolishni rejalashtirmoqda.