TOShKENT, 2 sen - Sputnik. Bundan roppa-rosa 50-yil oldin SSSR - Kanadaning afsonaviy superseriyasi boshlangan edi.
Keyin dunyo buni yangi boshlanuvchilarning NHLning "xokkey xudolari" bilan kurashishga bo‘lgan jasoratli urinishi sifatida ko‘rdi.
SSSR i Kanadi 1972 god
© Sputnik / Yuriy Somov
O‘yinlar SSSR va butun dunyoda misli ko‘rilmagan ajotajga sabab bo‘lgan edi. O‘sha kunlari dunyodagi boshqa barcha voqealar ikkinchi darajali bo‘lib qolgan edi. Xokkey o‘yinlari seriyasini hamma tomosha qildi, hatto sportga umuman qiziqmaydiganlar ham. Bo‘libo‘tgan o‘yinlarning ertasi kuni ishda, maktablarda, navbatlarda xokkey qizg‘in muhokama qilindi.
1972 yilning 2-sentabr kuni SSSR terma jamoasi va Kanada professionallari orasida Monrealda bo‘lib o‘tgan birinchi o‘yinda SSSR terma jamoasi sensatsion hisob bilan g‘alaba qozondi - 7:3.
SSSR - Kanada 1972 god
© Sputnik / Dmitriy Donskoy
Shu bilan Kanadalik xokkey professionallari dunyoda eng zo‘r xokkeychilar degan afsonaga yakun yasaldi. O‘yindan oldin chiqqan gazetalar "Rus jamoasi bizdan xokkey o‘rganishga keldi" degan sarlavhalar bilan chiqqan bo‘lsa, o‘yindan bir necha soat o‘tib "Ruslar afsonani abadiy ko‘mgan kecha" deb chiqqan edi.
Eslatib o‘tamiz, SSSR - Kanada o‘yinlar seriyasi 8 o‘yindan iborat bo‘lib, uning natijalariga ko‘ra SSSR terma jamoasi mag‘lub bo‘lgan edi (3 g‘alaba, 4 mag‘lubiyat, 1 durang). Ammo shundan so‘ng Kanada professional xokkeychilarining yengilmasiligi to‘g‘risidagi afsona butunlay yo‘q bo‘ldi, dunyo esa sovet xokkeyining kuchiga tan berdi.
SSSRning afsonaviy xokkey jamoasi, uning afsonaviy murabbiyi Anatoliy Tarasov hamda SSSR-Kanada ilk o‘yini tarixiy voqealarga asoslangan "Legenda №17" filmida aks etgan.