Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

G‘arb mafkurasi Rossiya realligi bilan duch keldi va mag‘lubiyatga uchradi - iqtisodchi

Amerikalik iqtisodchi G‘arb ideologiyasi qanday qilib Rossiya realligi bilan duch kelganini va mag‘lubiyatga uchraganini tushuntirib berdi.
Sputnik
TOShKENT, 30 avg - Sputnik. Moskvaga qarshi sanksiyalar butunlay barbod bo‘ldi va Rossiya prezidenti Vladimir Putin G‘arbdan ustun keldi, deb yozadi amerikalik iqtisodchi Jeyms Rikards The Daily Reckoning nashrida chop etilgan maqolasida.
"Rossiyaga qarshi sanksiyalar butunlay barbod bo‘ldi. Cheklovlar uning Ukrainadagi maqsadlariga ta’sir qilmadi", - deydi nashr.
Muallifga ko‘ra, sanksiyalar tashabbuskorlarining fikricha, rubl qulashi kerak edi, ammo buning o‘rniga u ancha mustahkamlandi. Bundan tashqari, Rossiyaning neft va tabiiy gaz eksportini boykot qilish ham ma’nosiz edi, chunki Moskva Pekin va Nyu-Dehliga yoqilg‘i sotishni boshladi, ayni paytda Yevropa energiya resurslarining keskin taqchilligiga duch keldi, deydi ekspert.
“Germaniya kabi Yevropa davlatlari Rossiya energetikasiga shunchalik qaramki, ularsiz ular qattiq tanqislik va qattiq qishga duch kelishadi”, - deydi Rikards.
Uning fikricha, reallik mafkura bilan to‘qnashganda, har safar reallik g‘alaba qozonadi, endi Berlin juda qiyin kunlarni boshdan kechiradi. Fojia shundaki, agar Qo‘shma Shtatlar va NATO Rossiyaga Ukraina hech qachon ittifoqqa taklif qilinmasligiga kafolat berganida, bularning barchasini oldini olish mumkin edi, deya xulosa qilinadi maqola.
Rossiyaning Ukrainada maxsus operatsiyasi boshlanganidan so‘ng G‘arb davlatlari Rossiyaga qarshi, xususan, energiya resurslarini sotib olish bo‘yicha sanksiyalar joriy qila boshladi. Prezident Vladimir Putin Rossiyani jilovlash va kuchsizlantirish siyosati G‘arb uchun uzoq muddatli strategiya ekanligini va sanksiyalar butun jahon iqtisodiyotiga jiddiy zarba berganini aytdi.