TOShKENT, 29 avg — Sputnik. Dnepropetrovsk viloyatida bir sutkada Ukraina millatchi batalonlarining 130 nafardan ziyod jangarilari yo‘q qilindi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar qildi.
“Yuqori aniqlikdagi qurol bilan Dnepropetrovsk viloyati Marganes aholi punkti hududida 180-hududiy mudofaa brigadasining vaqtincha joyi o‘q-dori ombori hamda millatchi “Aydar” va “Azov”* tuzilmalarining dala lagerlari tor-mor qilindi. 100 nafardan ziyod jangarilar, 20 tadan ortiq harbiy texnika va 3 mingdan ziyod zalp bilan o‘t ochuvchi tizimlarning reaktiv snaradlari yo‘q qilindi”, - deyilgan xabarda.
Rossiya 24-fevraldan beri Ukrainada harbiy maxsus operatsiya o‘tkazmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putinning so‘zlariga ko‘ra, yakuniy maqsad Donbassni ozod qilish va Rossiyaning o‘z xavfsizligini kafolatlaydigan shart-sharoitlarni yaratishdir. Ittifoqchi kuchlar allaqachon Lugansk Xalq Respublikasi va Doneskning muhim qismini, jumladan, Volnovaxa, Mariupol va Svatogorskni to‘liq ozod qilgan.
* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkiloti