Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlari harbiylarining professional-shartnomachilar evaziga 13% ga oshirilishi - milliy xavfsizlikka bo‘layotgan tahdidlarga yetarlicha javob bera oladigan kerakli chora-tadbir. Shu bilan birga, Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiya Rossiya Qurolli Kuchlari shtat darajasini o‘zgartirishda asosiy va hal qiluvchi omil emas.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 25-avgust kuni 2023-yil 1-yanvardan Qurolli Kuchlari harbiylari sonini 137 ming nafarga oshirish bo‘yicha qarorni imzoladi (bu avvalgi sonidan 13% ga ko‘p - 1 013 628 harbiy xizmatchi). Qarorni ijro etish sanasi maxsus harbiy operatsiya yoki chaqiruv kampaniyasiga bag‘ishlanmagan. Kremlning qarori aynan hozirgi operativ vazifalar bilan emas, balki o‘tgan besh yil ichida global xavfsizlikning umumiy degradatsiyasi bilan bog‘liq (2017 yil 17-noyabridagi qaroridan so‘ng). Bu muammoga Rossiyaning professional Qurolli Kuchlarini rivojlantirish bilan javob berishi bo‘ladi. Asosiy maqsad - Rossiya Federatsiyasi hududining butun perimetri bo‘ylab qo‘shinlarning yuqori jangovar barqarorligini va mudofaa qobiliyatini ta’minlash.
Rossiya professional-shartnomachilar evaziga armiya va floti harbiylari soni oshirilishi Yevropa va Osiyodagi strategik yo‘nalishlarda kerakli vaqtda kuchlar muvozanatini tiklash, maxsus harbiy operatsiya geografik chegaralarini o‘zgartirish yoki maxsus operatsiyani kontrterroristik operatsiyaga aylantirishga imkon yaratadi.
Ehtimol, kuzgi referendumdan keyin Rossiya armiyasining Donbass, Zaporojye va Xerson viloyatlari hududida bo‘lishi doimiy (muddatsiz) bo‘ladi. Azov va Qora dengizlar bo‘yidagi millionlab Rossiya fuqarolarini ishonchli himoya qilish uchun yangi harbiy qismlar va garnizonlarni shakllantirish kerak. Iqtisodiy va logistika nuqtayi nazaridan, bu oson ish emas, Rossiyaning davlat budjetiga jiddiy tuzatishlar kiritishni talab qiladi (Qrim tajribasi bu borada ishonch bag‘ishlaydi).
Nima bo‘lganda ham armiyaga ortiqcha yuz mingta qo‘lidan hech nima kelmaydigan pogonli yosh yigitlar kerak emas. Yuz minglab psixologik jihatdan barqaror, jismoniy tayyor, va ijtimoiy rag‘batlantirilgan, o‘z hayotining bir necha yillarini qo‘shinlarga xizmat qilishga bag‘ishlashga tayyor mutaxassislar kerak. Rossiyada har yili chaqiruv bo‘yicha 240 ming odam xizmat o‘ta ydi. Bular oddiy askarlar va ma’lum tayyorgarlikka ega zahiradagi serjantlar. Ularning aksariyati 2023-yil 1-yanvardan boshlab bo‘sh lavozimlarda shartnoma asosida harbiy xizmatni davom ettirishlari mumkin. Xohlovchilar jiddiy tanlovdan o‘tishlari kerak bo‘ladi.
Yaxshi bo‘lmagan muhit
Hammasi taqqoslashda aniq bo‘ladi. Varshava Polsha qo‘shinlarini ikki barobarga ko‘p oshirishga qaror qildi, ya’ni hozirgi 120 ming “shtik”dan 300 minggacha. Polsha safarbarlik xizmati rahbarrining ta’kidlashicha, mamlakat armiyasida yaqin vaqtlarda 250 ming nafar harbiy xizmat qiladigan bo‘ladi va yana 50 ming nafari - hududiy mudofaa qo‘shinlarida xizmat qiladi. AQShdan buyurtma qilingan 20 ta Abrams M1A2 tanklari (SEPv3 versiyalari)ni kutmasdan, Polsha 1000 ta Janubiy Koreya tank, gaubitsa va samolyotni xarid qilish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Polsha hududida Raketaga qarshi mudofaa tizimining Amerika infratuzilmalari rivojlanmoqda.
Qisqa va tezlik bilan Ruminiya ham mustahkamlanmoqda. Uning hududida 12,2 mldr.dollarga bir nechta harbiy bazalar quriladi. Amerikaning Patriot zenit raketa tizimlari hamda 5000 nafar harbiydan iborat motopiyoda brigadalari allaqachon xorijiy qo‘shinlarga qo‘shimcha tarzda joylashtirilmoqda. Shimoliy Atlantika alyansi Rossiyani Chernomorsk mintaqasida ham “jilovlab turmoqchi”.
“Ukraina loyihasi” natsistlarini qurollantirish uchun AQSh 2014-yildan buyon 15,5 mlrd dollar sarflagan. Va yaqin vaqtda Kiyev rejimiga 2,98 mlrd dollarlik “xaki ranglari” yangi paketini yetkazmoqchi. WallStreet Journal nashri xabarlariga ko‘ra, Oq uy yaqin kelajakda AQShning Ukrainaga barcha harbiy yordamini amerikalik uch yulduzli general qo‘mondonligi ostida yagona missiyaga birlashtirish niyatida. Biz AQSh global hukmronlikka erishish (saqlash) uchun Yevropa va Ukrainadan iste’mol qilinadigan vosita sifatida majburiy foydalanayotganini ko‘rmoqdamiz.
Shimoliy Dakotadan Angliyaga 18-avgust kuni strategik bombardimonchi B-52H lardan tashkil topgan to‘rtta operativ guruh yo‘naltirilgan. Amerika missiyasining maqsadi sifatida ittifoqchilar bilan operativ birlashishni takomillashtirish, “butun Yevropa bo‘ylab” global qudratni namoyish etish ko‘zda tutilgan. B-52H “strateglari” 2019-yili kuz faslidan buyon Britaniyaning Fervordida muntazam qo‘nmoqda. Bundan tashqari, AQSh “NATOning sharqiy flangini mustahkamlash maqsadida” avgustda Polshaga 12 ta F-22 Raptor 5-avlod qiruvchisini joylashtirgan.
Amerikaliklar NATOning sharqqa qarab kengayishi uslubi bilan Yevropa xavfsizligi tizimini barbod qilishmoqda. Bugun esa bu ishni Shvetsiya va Finlyandiya evaziga amalga oshirishmoqda. Rossiya-Finlyandiya chegaralari 1270 km, va Moskva bu hududni barcha kerakli kuchlar va vositalar, jumladan, zarba aviatsiyasi, Havoga va Raketaga qarshi tizimlar, gipertovushli raketa komplekslari bilan mustahkamlashga majbur. Shvedlar va finlar endi doimiy nishon ostida yashashga majbur bo‘ladi. Ammo bu ularning “suveren” tanlovi.
Kollektiv G‘arb Moskva 2021-yil dekabr oyida taklif qilgan teng va bo‘linmas xavfsizlik tamoyillarini rad etdi, RFning AQSh va NATOga bildirgan adolatli talablarini (alyans kengayishinidan voz kechish, 1997-yil chegaralarida Sharqiy Yevropa davlatlaridan xorijiy qo‘shinlar va zarba qurollarni qaytarish kabi) mensimadi. Mar oyida NATO mamlakatlari mudofaa vazirlarining favquloddagi sammitida Rossiyani o‘z dushmani sifatida tan olib “tarixiy qarorni qabul qilishdi”. Strategik konsepsiya alyansning Madriddagi sammitida biriktirilgan.
AQShning ukrain “hindular”ning qo‘lib bilan Rossiyaga qarshi uzoq muddatli proksi-urush olib borishga tayyorligi amerikalik va ularning yevropalik ittifoqdoshlariga hech qanday yaxshilikni va’da bermaydi. Bunday mas’uliyatsiz va tadbirsiz yo‘nalish kollektiv G‘arbga shafqatsiz harbiy-siyosiy va iqtisodiy jazo bo‘ladi. Germaniya va Fransiya qattiq turbulentlik sharoitida allaqachon “Ramshtayn konsessiyasi”dan uzoqlashishmoqda, o‘z qo‘shinlari uchun qurollar yetishmayotganini aytishmoqda.
Boshqa tomondan esa Rossiya harbiy maxsus operatsiya maydonlarida jangovar tashabbusni saqlab qolmoqda, Ukraina Qurolli Kuchlarining ishchi kuchlari hamda NATO qurollarini muvaffaqiyatli parchalamoqda. Va G‘arbning mislsiz sanksiyalarga qaramasdan, iqtisodiyotni meyorda saqlab qolmoqda. Washington Post gazetasi ta’kidlamoqda: “Ukrainadagi harbiy harakatlar Rossiya jamiyatining mustahkamlanishiga zamin yaratdi”.