Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Kaliningradda harbiy obyektlarni portlatmoqchi bo‘lgan "Azov"*ning tarafdori qo‘lga olindi

FXX Kaliningrad viloyatida Azov* tarafdori tomonidan rejalangan teraktning oldini oldi.
Sputnik
TOShKENT, 25 avg — Sputnik. Kaliningradda Boltiq floti obyektlari va aeroportda terakt uyushtirishni rejalashtirgan "Azov"* tarafdori qo‘lga olindi, deb xabar berdi FXX matbuot xizmati.
Boshqarma ma’lumotlariga kshra, bu 1967-yilda tug‘ilgan Kaliningradda istiqomat qiluvchi Rossiya fuqarosi.
“Kaliningrad shahrida Rossiya harbiy-dengiz flotining Boltiq floti obyektlari, Xrabrovo aeroporti va harbiy xizmatchilarga qarshi qo‘poruvchilik va terrorchilik harakatlari sodir etish niyatida bo‘lgan “Azov”* tashkilotining <…> tarafdori aniqlandi va qo‘lga olindi. ”, deyilgan axborotda.
Uning yashirin joyidan sig‘imi taxminan 5 kilogramm trotil bo‘lgan qo‘lbola bomba, “Azov”*ning faol a’zolari bilan yozishmalar, targ‘ibot adabiyotlari va taqiqlangan tashkilotning ramzlari topilgan.
Qo‘lga olingan shaxs aybiga iqror bo‘ldi. Maxsus xizmat tomonidan e’lon qilingan videoda u “Pravda Gerashchenko” Telegram-kanalidagi botga yozganidan keyin Azov* polki vakillari u bilan bog‘langanini aytadi.
"Ular komponentlarni sotib olish kerakligini aytishdi, men ularni Zelenograd viloyatidagi Pereslavskoe qishlog‘ida joylashgan obyektni portlatish uchun qo‘lbola portlovchi qurilma yasash uchun sotib oldim, bu Boltiq floti obyekti", - dedi u.
Unga nisbatan “Terrorchilik aktiga tayyorgarlik ko‘rish” va “Noqonuniy qurol ishlab chiqarish” moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
* Rossiyada taqiqlangan terroristik tashkilot