TOShKENT, 25 avg - Sputnik. O‘zbekiston tankchilar jamoasi tank biatloni finaliga chiqdi, deb xabar qilmoqda Mudofaa vazirligi.
Moskva viloyatining "Alabino" poligonida “Tank biatloni” musobaqasining yarim final bahsi bellashuvlari yakuniga yetdi. Uning natijasiga ko‘ra 4 jamoa finalga chiqdi.
24 avgust kuni bo‘lib o‘tgan birinchi guruh bellashuvlarida Rossiya, Belarus, O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston jamoalari ishtirok etib quyidagi natijalarni qayd etishgan edi.
1.
Rossiya – 1 soat 29 daqiqayu 59 soniya;2.
Belarus – 1 soat 39 daqiqayu 29 soniyada;3.
O‘zbekiston – 1 soat 53 daqiqayu 39 soniya;4.
Mo‘g‘uliston – 2 soat 4 daqiqayu 39 soniya.25 avgust kuni yarim finalning ikkinchi guruh bahslari bo‘lib o‘tdi. Unda Xitoy, Ozorbayjon, Vetnam va Qozog‘iston vakillari o‘zaro bellashdi. Natijalar esa quyidagicha:
1.
Xitoy – 1 soat 51 daqiqayu 57 soniya;2.
Ozorbayjon – 1 soat 57 daqiqayu 39 soniyada;3.
Vetnam – 2 soat 10 daqiqayu 1 soniya;4.
Qozog‘iston – 1 soat 54 daqiqayu 53 soniya.Musobaqa nizomiga ko‘ra, yarim finalda har ikkala guruh ichidan eng yaxshi natija ko‘rsatgan 4 ta ishtirokchi jamoa finalga yo‘l oladi. Bugun o‘sha jamoalar nomi aniq bo‘ldi. Bular: Rossiya, Belarus, Xitoy va O‘zbekiston.
Final bahsi 27-avgust kuni bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, ArMI xalqaro harbiy o‘yinlarining “Tank biatloni” musobaqasida O‘zbekiston 2019-yildan boshlab ishtirok etmoqda. Aytish joizki O‘zbekistnolik tankchilar dastlabki chiqishidanoq, ikkinchi divizionda (boshlovchi jamoalar) g‘alaba qozonishgan edi. Bu yilgi musobaqalarda esa O‘zbekiston jamoasi munosib ishtirok etib final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.