TOShKENT, 23 avg — Sputnik. Toshkent xalqaro aeroporti 23-avgustdan boshlab uchib ketish zali oldidagi avtoturargohga kirish vaqtinchalik cheklanadi. Bu haqida “Uzbekistan Airports” xabar berdi.
Aytilishicha, avtoturargoh rekonstruksiya ishlari munosabati bilan yopiladi.
“Aeroportga keluvchilar kuzatish va kutib olish uchun estakada yoki yon atrofdagi boshqa avtoturargohlardan foydalanishlari mumkin”, deyiladi xabarda.
Shu hafta oxirigacha uchib kelish zali yonidagi avtoturargohlar qayta ishga tushiriladi.