Suriyada yangi harbiy harakatlar boshlanishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak – Lavrov

Lavrov: Damashq va Anqara uchun mavjud kanallardan foydalangan holda kelishuvga erishish muhim.
Sputnik
TOShKENT, 23 avg — Sputnik. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Suriya shimolida yangi harbiy harakatlar boshlanishiga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Damashq va Anqara uchun mavjud kanallardan foydalangan holda kelishuvga erishish muhim.
“Suriya Arab Respublikasi shimolidagi vaziyat qanday rivojlanishi mumkinligi haqidagi savolga kelsak, asosiysi yangi harbiy harakatlarni oldini olish, Suriya va Turkiya munosabatlarida amalda mavjud bo‘lgan siyosiy tamoyillar asosida diplomatik kanallar orqali muzokaralar olib borishdir”, dedi Lavrov Suriya tashqi ishlar vaziri bilan matbuot anjumanida.
Lavrov ikki davlat o‘rtasida bunday kelishuvlar 1998-yilda terrorchilik tahdidini kamaytirish maqsadida qabul qilinganini eslatdi.
“Suriya Arab Respublikasi buni tan oladi va u ustidan to‘liq nazorat tiklanganidan keyin o‘z suveren hududi uchun to‘liq javobgar bo‘lishga tayyor, biz bu pozitsiyani qo‘llab-quvvatlaymiz”, dedi u.