Suriya TIV DXR va LXR mustaqilligi tan olinishi sabablarini ma’lum qildi

Mikdad: Rossiya xalqaro huquqni saqlash, BMT nizomini saqlab qolish uchun barcha davlatlarga haqqoniy munosabatda bo‘lganini butun dunyoga isbotladi.
Sputnik
TOShKENT, 23 avg — Sputnik. Suriya Donesk Xalq Respublikasi va Lugansk Xalq Respublikasi mustaqilligini ma’naviy omildan kelib chiqib tan oldi. Bu haqda Suriya tashqi ishlar vaziri Feysal Mikdad ma’lum qildi.
“Biz DXR va LXR mustaqilligini tan oldik, chunki ma’naviy, tarixiy omil bizni bunga undadi. Rossiya xalqaro huquqni saqlash, BMT nizomini saqlab qolish uchun barcha davlatlarga haqqoniy munosabatda bo‘lganini butun dunyoga isbotladi. Lekin, afsuski, G‘arb umuman olganda o‘zining tor manfaatlarini ro‘yobga chiqarish uchun BMT nizomidan ham, xalqaro huquqdan ham foydalandi”, dedi Mikdad Moskvada Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan muzokaralarda.
Iyun oyi oxirida Suriya tashqi ishlar vazirligi mamlakat Donesk va Lugansk Xalq Respublikalari mustaqilligini tan olishga qaror qilgani haqida xabar bergan edi.