Samarqand xalqaro aeroportidagi ayrim parvozlar bekor qilindi

Yo‘lovchilar bekor bo‘lgan parvozlar aviachiptalarining to‘liq qiymatini chipta sotib olingan joyda qaytarib olishlari yoki boshqa sanaga bepul qayta bronlashlari mumkin.
Sputnik
TOShKENT, 23 avg — Sputnik. Samarqand xalqaro aeroportidan amalga oshiriladigan ayrim aviaqatnovlar texnik sabablariga ko‘ra bekor qilindi. Bu haqida “Uzbekistan Airways” xabar berdi.
Aytilishicha, 12-sentabrdan 20-sentabrgacha rejalashtirilgan quyidagi yo‘nalishdagi parvozlar bekor qilindi:
HY041/042, HY043/044 Toshkent – Samarqand – Toshkent;
HY275\276 Samarqand – Istambul – Samarqand;
HY605\606 Samarqand – Moskva – Samarqand;
HY767\768 Samarqand – Olmaota – Samarkand;
HY639\640 Samarqand – Sankt-Peterburg – Samarqand;
HY9606\9605 Moskva – Samarqand – Moskva.
“Yo‘lovchilar bekor bo‘lgan parvozlar aviachiptalarining to‘liq qiymatini chipta sotib olingan joyda qaytarib olishlari yoki boshqa sanaga bepul qayta bronlash huquqiga egadirlar”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, 2021-2022 yillarda O‘zbekiston ShHTga raislik qilmoqda. Tashkilotning navbatdagi sammiti 15-16 sentabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi.