Ukraina harbiylarining raketa zarbasi bilan ozod qilingan Lisichansk markazidagi sobiq Ukraina xavfsizlik xizmati (UXX) binosi vayron qilingan. Bu haqda RIA Novostiga LXR Xalq militsiyasi polkovnigi Vitaliy Kiselov ma’lum qildi.
“Bu yerdagi katta vayrongarchilikni ko‘rapsiz. Mazkur joyga Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan raketa va artilleriya zarbasi berilgan. Donbass aholisiga nisbatan terror davom etmoqda. Nafaqat Lisichansk, balki Pervomaysk, Staxanov kabi shaharlarni ham vayron qilishmoqda”, - dedi “Kommunist” shartli nomini olgan harbiy.
Binoga 16-avgust kuni hujum qilishgan. U yerda Ukraina maxsus xizmati sobiq shtab kvartirasida saqlangan Ukraina pasportlari va boshqa hujjatlar sochilib yotganini ko‘rish mumkin.
Harbiyning ta’kidlashicha, Ukraina tomoni strategik muhim obyektlarni ataylab yo‘q qilishmoqda.