Turizm vazirligi va Soliq qo‘mitasi “Sayohat qil va keshbek ishla!” dasturini ishga tushiradi

Keshbek tizimi faqat O‘zbekiston fuqarolarining ichki sayohatlari uchun fiskal cheklar bilan tasdiqlangan xarajatlarining bir qismini qaytarishni nazarda tutadi.
Sputnik
TOShKENT, 22 avg - Sputnik. “Sayohat qil va keshbek ishla!” - bu O‘zbekiston Turizm va madaniy me’ros vazirligi hamda Davlat Soliq qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan, ichki turizmni rag‘batlantirishga qaratilgan yangi "Keshbek tizimdir.
"O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!" keshbek tizimi 2022-yil 1-sentabrdan boshlab ishga tushadi va uning doirasida O‘zbekiston fuqarolariga ichki turizm uchun qilingan xarajatlarning bir qismi qaytarib beriladi.

Keshbek miqdori:

Aviaqatnov xarajatlari uchun chiptasi narxining 15 %, lekin 150 ming so‘mdan oshmagan miqdorda;
Temir yo‘lda yoki avtobusda chiptasi narxining 15 %, lekin 80 ming so‘mdan oshmagan miqdorda;
Mehmonxona xarajatining 15 %, lekin 80 ming so‘mdan oshmagan miqdorda;
Teatr, muzey, sirk va badiiy galereyalar chiptasi narxining 50 %, lekin 20 ming so‘mdan oshmagan miqdorda (har bir chipta uchun).
"Sayohat qil va keshbek ishla!" mobil ilovasi

Keshbek olish uchun nima qilish kerak?

1.
Soliq.uz mobil ilovasini yuklab olish, FaceID orqali shaxsini tasdiqlash;
2.
Sayohat yo‘nalishini va boshlanish sanasini tanlash;
3.
Keshbeklarni yig‘ish uchun fiskal cheklarni skanerlash orqali avia, temir yo‘l yoki avtobus biletlarini ilovaga kiritish;
4.
Sayohatdan so‘ng "Sayohatni tugatish" tugmasini bosish va yig‘ilgan keshbek summalarini shaxsiy mahalliy bank plastik kartasiga o‘tkazish kerak.
Ma’lumot uchun, prezidentning 2022-yil 30-apreldagi "Ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi 232-sonli qaroriga muvofiq Turizm va madaniy meros vazirligi hamda Soliq qo‘mitasi hamkorligida "Keshbek" tizimi taqdim etiladi.