FSB jurnalist Duginaning qotilini aniqladi

Qotil jinoyatni sodir etgan zamon Estoniya orqali Rossiya hududini Estoniya orqali tark etishgan.
Sputnik
TOShKENT, 22 avg - Sputnik. Rossiya Federal Xavfsizlik xizmati yakshanba kuni qurbon bo‘lgan jurnalist Darya Duginaga suiqasd uyushtirgan shaxsni aniqladi.
Ushbu jinoyat Ukraina maxsus xizmatlari tomonidan tayyorlangan va sodir etilgan.
U️ning ijrochisi - Ukraina fuqarosi Vovk Natalya Pavlovna (1979 yilda tug‘ilgan) - 2022-yil 23-iyulda qizi Shaban Sofiya (2010 yilda tug‘ilgan) bilan birga Rossiya hududiga kirib kelgan. Daryaning turmush tarzi haqida ma’lumot to‘plash uchun u Moskvada marhum yashagan uyda kvartira ijaraga olgan.
Qotillik sodir bo‘lgan kuni, 21-avgustda u qizi bilan "Traditsiya" festivalida bo‘lgan. Masofadan turib boshqariluvchi bomba portlatilganidan so‘ng u Pskov orqali Estoniyaga chiqib ketgan.
Jurnalistni kuzatish uchun jinoyatchilar Mini Sooper rusumli avtomashinadan foydalangan, Rossiyaga kirishda ular E982XN DPR - DXR avtoraqamlaridan foydalanishgan. Moskvada – Qozog‘iston raqamlari – 172AJD02, chiqish vaqtida esa – Ukraina raqamlaridan foydalangan – AN7771IP.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham marhum Darya Duginaning oilasiga hamdardlik bildirdi.
"Yovuz, shafqatsiz jinoyat - mehribon, hamdard va iste’dodli shaxs, chinakam rus qalbiga ega bo‘lgan iste’doshli jurnalist, olim, faylasuf, va harbiy muxbir Darya Duginaning umrini zomin qildi. U xalqqa, Vatanga halol xizmat qildi, u Rossiyaning haqiqiy vatanparvari qanday bo‘lishi kerakligini amalda isbotladi", - deb yozgan Rossiya prezidenti.
Eslatib o‘tamiz, 21-avgust tunda Moskva viloyatida Darya Duginaning avtomobili masofadan turib portlatib yuborilgan edi. Mutaxassislar aytishiga ko‘ra, ushbu suiqasd aslida Daraning otasi faylasuf Aleksandr Duginga qarshi uyushtirilgan. U tasodif tufayli so‘nggi daqiqada boshqa avtomobilda shaharga qaytishga qaror qilgan.