ARMI-2022

O‘zbek razvedkachilari “ArMI-2022"ni rekord bilan boshladi - video

“Qo‘shinlar razvedkasi a’lochisi” musobaqasining 1-bosqichi yakunlandi.
Sputnik
TOShKENT, 20 avg — Sputnik. “ArMI—2022” xalqaro armiya o‘yinlari doirasida Rossiyaning Novosibirsk shahrida o‘tkazilayotgan “Qo‘shinlar razvedkasi a’lochisi” musobaqasining 1-bosqichi yakunlandi.
Birinchi bosqich davomida razvedka guruhining jangovar vazifani bajarishga tayyorgarligi, piyodalar jangovar mashinasini qiyin sharoitlarda haydash, platformaga joylash va undan chiqish, dushman hududiga o‘q-dorilarni yetkazish, gaz niqob qiyish, yaradorga birinchi yordam ko‘rsatish va jang maydonidan uni evakuatsiya qilish kabi shartlar bajarildi.
O‘zbekistonlik harbiy xizmatchilar mazkur bosqichni muvaffaqiyatli yakunlab, 15 ta davlat ichida ikkinchi o‘rinni egalladi.
Hozircha musobaqa ishtirokchilarining ketma-ketligi quyidagicha:
• Rossiya — 1-o‘rin;
• O‘zbekiston — 2-o‘rin;
• Hindiston — 3-o‘rin;
• Kamerun — 4-o‘rin;
• Belarus — 5-o‘rin.