TOShKENT, 19 avg — Sputnik. Turkiya Respublikasida navbatdagi prezidentlik saylovlari 2023-yil 18-iyun kuni bo‘lib o‘tadi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
“Saylovlar 2023-yilning 18-iyunida bo‘lib o‘tadi”, - degan Turkiya adliya vaziri Bekir Bozdag.
Unga ko‘ra, bu amaldagi prezident Rajab Tayyip Erdog‘an ishtirok etadigan ikkinchi saylov bo‘ladi.
Erdog‘an 2014-yildan buyon Turkiya prezidenti sifatida faoliyat ko‘rsatmoqda. U 2018-yilda mamlakat prezidentlik boshqaruviga o‘tganidan so‘ng o‘tkazilgan muddatidan oldin saylovlarda ham g‘alaba qozongan.
Turkiyada umumiy (prezident va parlament) saylovlar, mahalliy qonunlarga ko‘ra, xuddi shu kunda bo‘lib o‘tadi va dastlab 2023-yilning iyuniga belgilangan edi. Hukmron Xalq alyansi avvalroq ularning yagona nomzodi amaldagi Prezident Erdo‘g‘an bo‘lishini e’lon qilgan edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, olti partiyadan tuzilgan muxolifat bloki hozircha o‘z nomzodini ko‘rsatmagan.