Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Guterrish Zaporojye AESni demilitarizatsiya qilishga chaqirdi

Antoniu Guterrishning ta’kidlashicha, Zaporojye AES zonasi demilitarizatsiya qilinishi kerak.
Sputnik
TOShKENT, 19 avg — Sputnik. Zaporojye atom elektr stansiyasi atrofidagi hudud demilitarizatsiya qilinishi kerak. Bu haqda 18-avgust kuni BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Lvovda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va Turkiya yetakchisi Rajab Tayyip Erdog‘an bilan uch tomonlama uchrashuvi yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytib o‘tdi.

“Harbiy texnika va xodimlar stansiyadan olib chiqilishi kerak. Obyektga keyingi kuch hamda texnikaning joylashtirilishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim”, dedi bosh kotib.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Zaporojye AES zonasi demilitarizatsiya qilinishi kerak.
Ma’lumot uchun, hozirda stansiya Rossiya harbiylari tomonidan nazorat qilinadi. So‘nggi haftalarda Ukraina Qurolli kuchlari AES hududiga muntazam ravishda zarbalar berdi.
Guterrish Zaporojye AESiga kelishga taklif qilindi
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Zaporojye AESida FV yuz bersa radiatsiya qayergacha boradi? - Rossiya MV xarita taqdim etdi