BMT o‘z missiyasini bajarmayapti – Kirill Stremousov

Stremousov: Birlashgan Millatlar Tashkiloti mojarolarni to‘xtatish uchun hech narsa qilmayapti.
Sputnik
TOShKENT, 19 avg — Sputnik. BMT referendum orqali Xerson viloyati aholisining o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini kafolatlashga majbur. Bu haqda Xerson viloyati ma’muriyati rahbari o‘rinbosari Kirill Stremousov ta’kidladi.
BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishning bugun, 19-avgust kuni Odessaga tashrif buyurishi kutilmoqda.
“Birlashgan Millatlar Tashkiloti xavfsizlik va tinchlikni kafolatlash uchun yaratilgan, shuning uchun u xalqlarning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini kafolatlashga majburdir. Bu BMT Nizomida e’lon qilingan, shuningdek, xalqaro deklaratsiya va konvensiyalarda mustahkamlangan xalqaro huquqning asosiy tamoyillaridan biridir”, dedi Stremousov RIA Novosti agentligiga.
Uning so‘zlariga ko‘ra, amaliyot shuni ko‘rsatadiki, bugungi kunda BMT o‘z missiyasini bajarmayapti.
“Birlashgan Millatlar Tashkiloti mojarolarni to‘xtatish uchun hech narsa qilmayapti yoki shunchaki ularni sezmayapti. Aftidan, bu kimgadir foydali”, deya ta’kidladi Stremousov.
Maxsus operatsiya davomida rus harbiylari Xerson viloyati va Zaporojye viloyatining Azov qismini nazoratga oldi, Xerson, Melitopol va Berdansk kabi yirik shaharlarni egallab oldi. Har ikki viloyatda yangi ma’muriyatlar shakllantirildi, Rossiya telekanallari va radiostansiyalari efirga uzatilmoqda, Qrim bilan savdo va transport aloqalari tiklanmoqda. Viloyatlar Rossiya tarkibiga kirish rejalarini e’lon qildi. Bundan tashqari, sakkiz yil o‘tgach, Shimoliy Qrim kanali blokdan chiqarildi.