TOShKENT, 18 avg — Sputnik. SSSR parchalanganidan boshlab Ukraina fashistik mafkuraga to‘lib ketgan va bu oxir-oqibat fojiaga olib keldi. Bu haqda Checheniston rahbari Ramzan Qodirov ta’kidladi.
“Muayan irqning ustunligi g‘oyasi jamiyatda bolalikdan singdirilgan. Buni hamma biladi. Telekanallarning asosiy ulushi, shuningdek, Ukraina internet maydoni SSSR parchalanganidan beri tom ma’noda fashistik mafkura bilan to‘ldirilgan. Bundan tashqari, bolalar bog‘chalari, maktablar va boshqa ta’lim muassasalarida uzoq yillar davomida Gitler qadriyatlarining to‘sqinliksiz tashviqoti mavjud edi. Natsistlarning butun bir avlodi o‘sib chiqdi, ammo G‘arbda bunga qadar hech kim ahamiyat bermadi. Natijada bularning barchasi fojiaga olib keldi”, deb yozdi Qodirov Telegram’dagi kanalida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, G‘arb hamjamiyati, hatto Uchinchi Reyx mafkurasidan eng ko‘p jabr ko‘rganlar ham bu mavzuda sukut saqlashda davom etmoqda.
“Rossiyadan boshqa hamma jim. Uyg‘onish, begunoh Ukraina haqidagi yolg‘on g‘oyalarni rad etish va haqiqatga yuz tutish vaqti keldi. Shuning uchun bugungi Ukraina natsizm va fashizm o‘chog‘i ekanligini aytishimiz kerak. G‘arb, o‘z navbatida, uning homiysi”, deya qo‘shimcha qildi u.