ShHT-2022: Samarqand sammiti

"Samarqand ruhi": rassomlar ShHT mehmonlari uchun o‘ziga xos sovg‘a tayyorlashdi

ShHT Sammiti mehmonlari uchun tashkilotga a’zo davlatlardan kelgan rassomlar asarlaridan ijodiy ko‘rgazma tayyorlanmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 18 avg - Sputnik. Samarqand shahrida sentabr o‘tkazilishi kutilayotgan Shanxay Hamkorlik Tashkilotining navbatdagi Sammitiga tashrif buyuradigan yuqori martabali mehmonlarga "Ijodiy asarlarimizda Samarqand ruhi" nomli tasviriy san’at ko‘rgazmasi tashkil etiladi.
Ko‘rgazmada Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlardan tashrif buyurgan ijodkor rassomlarning o‘zlari bilan olib kelgan hamda ushbu rassomlar Samarqandda ijodiy plener davomida yaratgan eng sara rangtasvir asarlari namoyish etiladi.
"Ijodiy asarlarimizda Samarqand ruhi" ko‘rgazmasini tashkil etish uchun iyun oyida Hindiston, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Pokiston, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston kabi 8 ta ShHTga a’zo davlatlarning iqtidorli va nufuzli rassom ijodkorlari Samarqand shahriga Xalqaro plenerga taklif etilgan edi.
Gotovitsya osobiy "xudojestvenniy" podarok dlya uchastnikov sammita ShOS - Minturizma
Xalqaro plener 2022-yilning 29-iyunidan 15-iyulga qadar davom etdi. Har bir davlatdan tashrif buyurgan rassomlar o‘z yurtlarining ko‘zga ko‘ringan madaniy meros obyektlari yoki tug‘ilib o‘sgan shaharlari bilan bog‘lik manzaralardan yaratilgan eng sara ijod namunalarini o‘zlari bilan olib keldilar. Undan tashqari ijodkorlar O‘zbekistonda ham yangi asarlar yaratishdi.
Gotovitsya osobiy "xudojestvenniy" podarok dlya uchastnikov sammita ShOS - Minturizma
Ushbu tadbir Turizm va madaniy meros vazirligi tashabbusi bilan, Vazirlar Mahkamasining Madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasi boshchiligida, Samarqand viloyati hokimligi hamkorligida tashkil etildi.
Gotovitsya osobiy "xudojestvenniy" podarok dlya uchastnikov sammita ShOS - Minturizma