ShHT-2022: Samarqand sammiti

ShHT to‘lov tizimlarining mosligiga erishishda davom etadi

Rossiya vakili ShHTga a’zo mamlakatlarni Rossiya tomonidan tashkil etilayotgan malaka va kasblarni rivojlantirish bo‘yicha xalqaro hamkorlik assotsiatsiyasi tarkibiga kirishni so‘radi.
Sputnik
TOShKENT, 16 avg — Sputnik. Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlar milliy to‘lov tizimlarining mosligiga erishishda davom etadi. Bu haqida Rossiya Iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikov ma’lum qildi.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan yillar davomida ShHT davlatlari turli chaqiriqlarga muvaffaqiyatli dosh berishga qodirligini isbotladi. Hozirgi sharoitda ham mamlakatlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni faol rivojlantirmoqda.
Shunday qilib, 2021-yilda Rossiyaning ShHT bilan tashqi savdo aylanmasi uchdan bir qismga o‘sib, 192 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu yil ham o‘sish davom etmoqda.
“Moliya sohasida biz milliy to‘lov tizimlarimiz to‘liq mos bo‘lishi, milliy valyutalarda o‘zaro hisob-kitoblar hajmini muttasil oshirib borishga erishishda davom etamiz”, deydi Reshetnikov.
Rossiya vakili o‘z so‘zida, shuningdek, banklar o‘rtasidagi uzluksiz operatsiyalarni ta’minlash uchun tashkilot ishtirokchilarini Rossiya moliyaviy xabarlarni uzatish tizimiga qo‘shilish taklifini berdi.

“Iqtisodiyotda kadrlar salohiyatini rivojlantirish alohida yo‘nalishdir. Shu maqsadda, Rossiya yangi tashkilot - Malaka va kasblarni rivojlantirish bo‘yicha xalqaro hamkorlik assotsiatsiyasini tuzmoqda. Rejalar yuqori standartlar va ilg‘or jahon tajribasi asosida kadrlarni jamlangan holda tayyorlashni o‘z ichiga oladi. Mamlakatlaringizni assotsiatsiya tarkibida ko‘rishdan xursand bo‘lamiz”, - deya qo‘shimcha qildi Reshetnikov.