Islom o‘yinlari: O‘zbekiston umumjamoa hisobida 2-o‘ringa ko‘tarildi

Hozirda O‘zbekiston terma jamoasi sportning turli yo‘nalishlarida qo‘lga kiritgan medallar soni 112 taga yetdi. Shundan 40 tasi oltin.
Sputnik
TOShKENT, 15 avg — Sputnik. Turkiyada o‘tkazilayotgan Islom birdamligi o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi umumiy hisobda 26 ta medal –13 ta oltin, 4 ta kumush va 9 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Bu haqida Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Islom birdamligi o‘yinlari tobora qizg‘in pallaga kirib bormoqda. 15-avgust kuni o‘zbekistonlik sportchilar bir qator sport turlarida o‘z mahoratlarini namoyish etishadi.
Og‘ir atletika
Ruslan Nurudinov o‘yinlarda -109 kg vazn toifasida ishtirok etib, dast ko‘tarishda 187 kg, siltab ko‘tarishda 230 kg va ikki kurash bo‘yicha 417 kg bilan o‘yinlar rekordini o‘rnatdi. U delegatsiya hisobiga 3 ta oltin medalni qo‘shib qo‘ydi.
Islom birdamligi o‘yinlari: O‘zbekiston terma jamoasi yana 26 ta medalni qo‘lga kiritdi
Endigina 20 yoshga qadam qo‘ygan og‘ir atletikachi Tursunoy Jabborova ayollar o‘rtasida -87 kg vazn toifasida kechgan bahslarda mutlaq chempionlikni qo‘lga kiritdi. Dast ko‘tarishda 109 kg, siltab ko‘tarishda 126 kg, ikki kurashda 235 kg natija ko‘rsatgan Tursunoy barcha yo‘nalishda oltin medallarni o‘ziniki qildi.
O‘zbekiston terma jamoasi yana 26 ta medalni qo‘lga kiritdi
Musobaqada Akbar Jo‘rayev +109 kg vazn toifasida qatnashdi. U dast ko‘tarish mashqida 200 kg natija qayd etib, delegatsiya g‘aznasini yana bir oltin medal bilan to‘ldirdi. E’tiborlisi, Akbar ham bu ko‘rsatkichi bilan musobaqa rekordini o‘rnatishga muvaffaq bo‘ldi.
Islom birdamligi o‘yinlari: O‘zbekiston terma jamoasi yana 26 ta medalni qo‘lga kiritdi
Sharofiddin Amriddinov -102 kg vazn toifasida katta tajribaga ega raqiblari bilan kechgan murosasiz raqobatda 172 kg natija bilan bronza medalini qo‘lga kiritdi.
O‘zbekiston terma jamoasi yana 26 ta medalni qo‘lga kiritdi
Dzudo
-66 kg vazn toifasida qatnashgan Sardor Nurillayev finalda marokashlik Abdurahmon Boushitani mag‘lubiyatga uchratib, oltin medal sohiblari qatoridan joy oldi.
Islom birdamligi o‘yinlari: O‘zbekiston terma jamoasi yana 26 ta medalni qo‘lga kiritdi
Nilufar Ermagambetova ham oltin medalga sazovor bo‘ldi. -57 kg vazn toifasida ishtirok etgan qoraqalpog‘istonlik dzudochi finalda jazoirlik Yamina Xalatani ippon bilan mag‘lubiyatga uchratdi.
Islom birdamligi o‘yinlari: O‘zbekiston terma jamoasi yana 26 ta medalni qo‘lga kiritdi
-73 kg vazn toifasining final bahsida Shahram Ahadov ozarbayjonlik Narimon Mirzayevni mag‘lubiyatga uchratib, oltin medal sohibiga aylandi.
Islom birdamligi o‘yinlari: O‘zbekiston terma jamoasi yana 26 ta medalni qo‘lga kiritdi
52 kg vazn toifasida ishtirok etgan ikki nafar dzudochi shohsupaga ko‘tarildi. Diyora Keldiyorova ushbu musobaqada oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Sita Qadamboyeva bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Islom birdamligi o‘yinlari: O‘zbekiston terma jamoasi yana 26 ta medalni qo‘lga kiritdi
-60 kg vazn toifasida ishtirok etgan Kemran Nurillayev finalda ozarbayjonlik Balabay Ag‘abayevga imkoniyatni boy berib qo‘ydi va kumush medal bilan taqdirlandi.
Islom birdamligi o‘yinlari: O‘zbekiston terma jamoasi yana 26 ta medalni qo‘lga kiritdi
-63 kg vazn toifasida bahs olib borgan Sevinch Isoqova bronza medali uchun kechgan bellashuvda senegallik raqibasi ustidan g‘alaba qozonib, sovrindorlar qatoridan joy oldi.
Islom birdamligi o‘yinlari: O‘zbekiston terma jamoasi yana 26 ta medalni qo‘lga kiritdi
Taekvondo
Taekvondochi Niyaz Pulatov bronza, uning rafiqasi badiiy gimnastikachi Sabina Tashkenbayeva esa 1 tadan kumush va bronza medallariga sazovor bo‘ldi.
O‘zbekiston terma jamoasi yana 26 ta medalni qo‘lga kiritdi
Shpaga
Fayzulla Alimov hamda Nodirbek Mo‘minov Islom birdamligi o‘yinlarida sovrindorlar qatoridan joy olishdi. Alimov yarim finalda ozarbayjonlik Ruslan Hasanovga 11:12, Mo‘minov esa qirg‘izistonlik Roman Petrovga 10:15 hisobida imkoniyatni boy berdi va bronza medaliga ega chiqishdi.
1 / 2
2 / 2
Suzish
Yosh suzuvchi Yegor Petrakov yana bir bor sovrindorlar qatoridan joy oldi. Kuni kecha 400 metrga erkin usulda suzish bahsida bronza medali bilan taqdirlangan atlet bugun ayni shu masofaga kompleks dasturda kechgan bellashuvda ham uchinchi natijani qayd etdi.
Islom birdamligi o‘yinlari: O‘zbekiston terma jamoasi yana 26 ta medalni qo‘lga kiritdi
Xurshidjon Tursunov 22.51 soniya bilan ikkinchi, 22.72 soniya qayd etgan Aleksey Tarasenko esa uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Tursunovning natijasi yangi O‘zbekiston rekordi sifatida qayd etildi.
1 / 2
2 / 2
Qilichbozlik
Rapira yo‘nalishida ayollar o‘rtasida o‘tkazilayotgan bellashuvlarda turkiyalik raqibasiga qarshi bahs olib borgan Umida Ilyasova imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Shu tariqa, Ilyasova bronza bilan taqdirlandi.
Islom birdamligi o‘yinlari: O‘zbekiston terma jamoasi yana 26 ta medalni qo‘lga kiritdi
Qolaversa, sablya bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Islom birdamligi o‘yinlarining kumush medal sohibiga aylanishdi. Jamoaviy dasturda yarim finalda Turkiyani 45:31 hisobida mag‘lub etgan qizlar finalda ozarbayjonlik raqibalariga 34:45 hisobida imkoniyatni boy berib, musobaqani ikkinchi o‘rinda yakunladilar.
Islom birdamligi o‘yinlari: O‘zbekiston terma jamoasi yana 26 ta medalni qo‘lga kiritdi
Hozirda O‘zbekiston terma jamoasi sportning turli yo‘nalishlarida qo‘lga kiritgan medallar soni 112 taga yetdi. Shundan 40 tasi oltin, 28 tasi kumush va 44 tasi bronza. O‘zbekiston 55 ta davlatlar orasida umumjamoa hisobida 2-o‘rinda bormoqda.