TOShKENT, 15 avg — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindiston Respublikasi Prezidenti Draupadi Murmu va Bosh vaziri Narendra Modini ushbu mamlakat mustaqilligining 75-yilligi munosabati bilan tabrikladi.
Qutlovlarda so‘nggi yillarda O‘zbekiston-Hindiston strategik sherikligi barcha ustuvor sohalarda izchil kengayib borayotgani qayd etilgan.
Shuningdek, birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan hamkorlik kelgusida ham do‘st xalqlar manfaatlari yo‘lida taraqqiy etib borishiga ishonch bildirilgan.
Qolaversa, davlat rahbari Hindiston xalqiga tinchlik, ravnaq va farovonlik tiladi.