Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

“Kiyev rejimiga ko‘ra, Doneskda odamlar o‘zini o‘zi o‘ldirmoqda” - Basurin

Jinoyat sodir bo‘lgan joylardan topilgan snaradlar bo‘laklari - NATO standartiga to‘g‘ri kelishiga qaramasdan, Kiyev rejimi o‘q otish faktini faqat bir marta tan olgan.
Sputnik
TOShKENT, 9 avg — Sputnik. Ukraina hukumati Doneskning tinch aholisini o‘qqa tutayotganini tan olmayapti.
Ularga ko‘ra, DXR o‘zini o‘zi o‘qqa tutmoqda, dedi jurnalistlarga DXR xalq militsiyasi qo‘mondoni o‘rinbosari Eduard Basurin.
Sputnik O‘zbekiston muxbirining voqea joyidan xabar berishicha, Basurin Kiyev rejimining ritorikasiga qaramay, uning jinoyatlariga oid dalillar bazasi to‘planayotganini ta’kidlagan. Birinchidan, bu NATO standartidagi snaradlarning bo‘laklari.
“Ikkinchidan, voqealarni sharhlab kelgan vaqtdan beri 2014-yilda ukrainalik harbiylar bizning harbiylarga qarata o‘t ochganliklarini tan olgan, natijada parlament a’zosi yaralanganini tan olgan bitta holat bo‘lgan, qolgan barcha holatlarda - biz o‘z o‘zimizni o‘ldiramiz”, - dedi DXR vakili.