Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya harbiylari Donbassda "Grad" RSZO ishi aks etgan kadrlarni namoyish qildi

Mudofaa vazirligi Janubiy harbiy okrugiga qarashli “Grad” RSZO ekipajlarining Ukrainadagi maxsus operatsiyasidagi jangovar ishi aks etgan kadrlarni namoyish qildi.
Sputnik
Raketa artilleriya ekipajlari Ukraina QK istehkomlariga zarba berdi.
Mudofaa vazirligining aniqlik kiritishicha, zarba berishda aniq nishonga olish asosiy rol o‘ynaydi, bunda uchuvchisiz uchish apparatlari ekipajlari Janubiy harbiy okrug artilleriyachilarga yordam bermoqda. To‘plangan ma’lumotlar dala shtablari va raketa-artilleriya batareyalari qo‘mondonlariga uzatiladi.
Rossiya 24-fevraldan beri Ukrainani denatsifikatsiya va demilitarizatsiya qilish bo‘yicha maxsus operatsiya o‘tkazmoqda.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning vazifasi 8-yil davomida Kiyev rejimi tomonidan zo‘ravonlik va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish deb atagan.
Putinning so‘zlariga ko‘ra, yakuniy maqsad Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlaydigan shart-sharoitlarni yaratishdir.