Bu qiziq

Qaysi mahsulotlarni muzlatish mumkin emas - mutaxassis javobi

Gastroenterologning aytishicha, go‘shtni takror muzlatish mumkin emas, chunki u zaharga aylanishi mumkin
Sputnik
Gastroenterolog Sergey Lopatin “Doktor Piter” portaliga qaysi mahsulotlarni muzlatib saqlash mumkin emasligini aytdi.
Ushbu uch mahsulot muzlatib saqlash uchun juda zararli hisoblanadi.
Xom tuxum. Muzlatilganda tuxum po‘chog‘i sinadi, bu esa turli bakteriyalarning kirishiga saba bo‘ladi.
Yumshoq pishloq. Mutaxassis yumshoq va tez eruvchan pishloqlarni ham muzlatib saqlamaslikni tavsiya qildi. Chunki muzda pishloq erib, ichiga bakteriyalar kiradi.
Shuningdek, muzlatkichda saqlangan mol, qo‘y, parranda vqa baliq go‘shtlarini, dengiz mahsulotlarini ham ikkinchi marotaba muzlatmaslik kerak. Yoki muzlatilgan go‘shtni yana qayta muzlatmaslik kerak. Chunki bu holatda ular turli infeksiyalar keltirib chiqaradi.
Xususan, tarkibida ko‘p miqdorda suv bo‘lgan sabzavotlar- bodring, karam, kabachki, ko‘kat, kartoshka, hamda sut va yogurtni ham bunday saqlamaslik kerak.