TOShKENT, 10 avg — Sputnik. Olmaliq kon-metallurgiya kombinati o‘z mahsulotlarini yana 12 ta davlatga eksport qilishni boshladi.
Kombinatning asosan mis mahsulotlari yangi bozorlarga - Surinam, Keniya, Avstraliya, Litva, Gruziya, Portugaliya, Kanada, Avstriya, Ispaniya, Finlyandiya, Marokash va Singapurga eksport qilingan.
Xorijiy xaridorgirlarga asosiy mahsulot bo‘lgan mis mahsulotlari eksportida 45940 tonnalik natija qayd etilgan holda reja 113,4%ga uddalangan.
Kombinat 7 oy davomida xorijga quyidagi mahsulotlarni eksport qiligan:
Mis katodi-42815 tonna;
Mis quvurlari-3125 tonna;
Rux mahsulotlari-36055 tonna;
Kadmiy metalli-188 tonna;
Qo‘rg‘oshin konsentrati-15953 tonna;
Mis kuporosi-5234 tonna.
“Yanvar-iyul holatiga OKMK tomonidan 623 402 000 dollarlik mahsulot eksporti amalga oshirilgan holda, reja 133,5%ga bajarildi”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, OKMK tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar asosan Turkiya, Rossiya Federatsiyasi, Belarus, Qozog‘iston, Bolgariya, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Ukraina, Polsha, Tojikiston, Indoneziya, Niderlandiya, Xitoy, Turkmaniston, Afg‘oniston kabi davlatlarga eksport qilinmoqda.