TOShKENT, 8 avg — Sputnik. 2008 yil avgust oyida Rossiyaning Gruziyani tinchlikka majburlashdagi faoliyati AQSh va NATO uchun signal bo‘ldi. Ular esa buni e’tiborsiz qoldirdi. Bu haqda Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev ta’kidladi.
“2008 yilning avgustida Gruziyani tinchlikka majburlash bo‘yicha harakatlar fuqarolarni himoya qilish uchun qilingan. Shu bilan birga, bu AQSh va NATOga Rossiya xavotirlarini tinglash zarurligi haqida signal bo‘ldi”, - deb yozdi u Telegram kanalida.
Medvedevning so‘zlariga ko‘ra, AQSh xavotirlarni e’tiborsiz qoldirib, xavfli yo‘ldan borishda davom etdi.
“Kavkazda vaziyat o‘zgardi. Lekin AQSh va NATO eshitmadi va tushunmadi. Ular buni e’tiborsiz qoldirdi. Ular o‘zlarining o‘ta xavfli yo‘nalishini davom ettirishdi. 2022-yilda biz ancha qattiqroq javob qaytarishga majbur bo‘ldik. Hozir butun dunyo qaytarib bo‘lmas darajada o‘zgardi”, deb qo‘shimcha qildi Medvedev.
2008 yil 8-avgustga o‘tar kechasi Gruziya Janubiy Osetiyani o‘qqa tutdi, gruzin qo‘shinlari respublikaga hujum qildi va poytaxt Sxinvalning bir qismini vayron qildi. Rossiya ko‘pchiligi Rossiya fuqaroligini olgan Janubiy Osetiya aholisini himoya qilib, respublikaga qo‘shin kiritdi va besh kunlik jangovar harakatlardan so‘ng gruzin harbiylarini quvib chiqardi.
2008 yil 26-avgustda Moskva Abxaziya va Janubiy Osetiya suverenitetini tan oldi. Rossiya yetakchilari ikki sobiq Gruziya muxtoriyatining mustaqilligini tan olish mavjud voqelikni aks ettirishini va qayta ko‘rib chiqilishi shart emasligini bir necha bor ta’kidlagan. Gruziya haligacha Abxaziya va Janubiy Osetiyani mustaqil davlatlar sifatida tan olmaydi va ularni o‘z mintaqalari deb biladi.