TOShKENT, 8 avg — Sputnik. Atom energiyasi xalqaro agentligi (MAGATE) rahbari Rafael Grossi Zaporojye atom elektr stansiyasining o‘qqa tutilishidan xavotir bildirdi. Bu haqda agentlik shanba kuni tegishli bayonot berdi, deb xabar beradi RIA Novosti.
“Kechagi Yevropadagi eng yirik atom elektr stansiyasining o‘qqa tutilishidan juda xavotirdaman, bu yadroviy falokatning haqiqiy xavfini ko‘rsatmoqda”, dedi Grossi bayonotida.
MAGATE rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Zaporojye atom elektr stansiyasi xavfsizligiga tahdid soluvchi harbiy harakatlarni “mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydi va har qanday holatda ham buning oldini olish kerak”.
Eslatib o‘tamiz, juma kuni Ukraina qo‘shinlari Energodardagi Zaporojye atom elektr stansiyasi hududiga artilleriya zarbasi berdi, Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, ular jami yigirmata 152 mm snarad otdi.
Ushbu snaradlar natijasida suv quvurida yong‘in sodir bo‘lib, favqulodda xizmatlar uni tezda o‘chirishga muvaffaq bo‘ldi. AESda 3-energoblok uskunasining bir qismi quvvatsizlantirildi, 4-energoblokning ishlab chiqarilgan quvvati kamaytirildi.
Ma’lumot uchun, Zaporojye Atom Elektr stansiyasi Yevropadagi eng yirik AES hisooblanadi. Uning 6g‘ta energobloki 6000 MVt quvvatga ega bo‘lib, u Ukraina energetika tizimining 20%ini ta’minlaydi.