ARMI-2022

ArMI-2022: “Xavfsiz muhit” musobaqasida qatnashuvchi jamoalar Samarqandda jam bo‘lishdi - foto

Poligon Sazagan v Samarkande
"Sazagan" dala-o‘quv maydonida xalqaro o‘yinlar doirasida “Xavfsiz muhit” musobaqasi o‘tkaziladi.
Sputnik
TOShKENT, 7 avg — Sputnik. "ArMI-2022" Xalqaro armiya o‘yinlarining “Xavfsiz muhit” yo‘nalishidagi musobaqalarda ishtirok etuvchi barcha jamoalar Markaziy harbiy okrugning Samarqanddagi "Sazagan" dala-o‘quv maydonida yetib kelishdi. Bu haqda O‘zbekiston Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Kecha, 6-avgust kuni ushbu musobaqada ishtirok etuvchi oxirgi davlatlar — Rossiya va Belarus jamoalari Xonobod aerodromida kutib olinib, dala o‘quv maydoniga joylashtirildi.
Dala-o‘quv maydonida mehmonlar tantanali ravishda o‘zbekona urf-odatlarga ko‘ra kutib olindi hamda saf maydonida davlatlarning davlat madhiyasi yangradi va bayroqlar ko‘tarildi.
Shuningdek, "ArMI-2021" doirasidagi musobaqada g‘olib bo‘lgan Xitoy jamoasi tashkilotchi bo‘lgan O‘zbekiston tomoniga “Xavfsiz muhit” musobaqasining ko‘chma kubogini topshirdi.
“Xavfsiz muhit” musobaqasi ko‘chma kubogi
“Xavfsiz muhit” musobaqasi ko‘chma kubogi
Bu musobaqada O‘zbekiston, Rossiya, Belarus, Eron, Xitoy va Vyetnam harbiy jamoalari o‘zaro bellashishadi.
"ArMI-2022" Xalqaro armiya o‘yinlari 13-avgustidan 27-avgust kuniga qadar dunyoning 12 ta davlat hududida o‘tkaziladi. Bu yil O‘zbekistonda ilk bor birdaniga 5 ta yo‘nalishdagi musobaqalar o‘tkaziladi.