Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Ukraina harbiylari o‘z mag‘lubiyati uchun Doneskning tinch aholisidan o‘ch olmoqda

Ayni damda Peski, Marinka va Avdeyevka aholi punktlari deyarli boy berilgan.
Sputnik
TOShKENT, 4 avg - Sputnik. Ukraina so‘nggi oylarda Donetsk shahrini shafqatsiz va beadab o‘qqa tutdi - shahar markazida ko‘plab qurbonlar va yaradorlar bor, deb yozmoqda Rossiya Mudofaa vazirligi.
Ayni damda bir necha yil davomida mustahkam istehkomga aylantirilgan Peski, Marinka va Avdeyevka aholi punktlari deyarli boy berilgan. Qurol aslahi tugagan va markaz yordamisiz qolgan Ukraina kuchlari o‘z pozsiyalarini tashlab qochmoqda. Ittifoqchilar uchlarning pozitsiyalarini egallamoqda.
Ushbu yo‘qotishlarga dosh bera olmagan Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonligi Donesk markazini ayovsiz o‘qqa tutmoqda. Vaholanki, bu yerda hech qanday harbiy kuchlar yo‘q, qarama-qarshilik nuqtayi neazanidan Doneskni o‘qqa tutish hech qanday strategik ahamiyatga ega emas.
Ushbu jinoyatkorona hujum natijasida bir necha soat ichida kamida 6 nafar tinch aholi vakili qurbon bo‘lgani ma’lum. Ular orasidya ayollar, qariyalar va bolalar bor. Snaradlardan biri Donbass Palas mehmonxona oldigan kelib tushgan. U yerda bir ayol va bir erkak vafot etgen.
Donetsk markazi AQShning M777 gaubitsalaridan Pervomayskoe aholi punkti yo‘nalishidan o‘qqa tutilmoqda. Shuningdek, Ukraina kuchlari yaqinda qurbon bo‘lgan DXR polkovniki polkovnik Olga Kachura bilan vidolashuv marosimi bo‘9lib o‘tayotgan Opera va balet teatrini ham o‘qqa tutishgan.