Pelosining tashrifi AQSh boshqa davlatlar huquqlarini mensimasligini ko‘rsatdi – Zaxarova

Zaxarova "har doim faol bo‘lgan" G‘arb diplomatlari so‘nggi kunlarda Pelosining Tayvanga tashrifi bo‘yicha sukut saqlayotganiga ham e’tibor qaratdi.
Sputnik
TOShKENT, 3 avg — Sputnik. Amerika Qo‘shma Shtatlari Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining Tayvanga tashrifi AQSh boshqa davlatlar huquqlarini mensimasligini ko‘rsatdi, deya yozib qoldirdi Rossiya TIV matbuot kotibi Mariya Zaxarova o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Diplomat Amerikaning Xitoydagi elchisi Nikolas Bornsning Pelosining safari munosabati bilan Xitoy Tashqi ishlar vazirligiga chaqirilganiga ham munosabat bildirdi.
"U (Nikolas Borns - tahr.) Qo‘shma Shtatlar provokatsiya qilish orqali yana bir bor boshqa davlatlar huquqlarini mensimaslikni ko‘rsatganini tushunadi. Va endi xalqaro huquqni hurmat qilish haqida gapirish, albatta, amerikaliklar uchun emas. Vashington Pekin oldidagi majburiyatlarini buzdi”, -dedi Zaxarova.
Shuningdek, u Amerikaning Xitoydagi elchixonasi sukut saqlayotganiga e’tibor qaratdi. "Har doim faol bo‘lgan" G‘arb diplomatlari so‘nggi kunlarda Pelosining Tayvanga tashrifi bo‘yicha sukut saqlayapti.
"Xo‘sh, nima? Amerika diplomatlari tom ma’noda tillarini yutib, bir burchakka yashirinishdi. Shubhasiz, ular Xitoy jamoatchiligining adolatli g‘azabidan qo‘rqishadi. Va ular to‘g‘ri ish qilishmoqda. Mehnatsevar Xitoy xalqi bunday munosabatga loyiq emas edi", deya xulosa qildi Mariya Zaxarova.
AQSh Kongressi Vakillar palatasi spikeri Pelosining samolyoti Taybey 2-avgust kuni Taybey aeroportiga qo‘ndi. Shundan so‘ng AQSh vakili orol rahbariyati bilan uchrashuvlar o‘tkazdi va undi "AQSh Tayvanni qo‘llashdan voz kechmasligini" ta’kidladi.
Xitoy Xalq Respublikasi AQSh senatorining ushbu tashrifini keskin qoralamoqda. XXR raisi Si Szinpin aytishiga ko‘ra, AQSh separatistik maqsadlarda "Tayvan mustaqilligi" mavzusini ataylab ko‘tarib chiqmoqda.