Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Ukraina HIMARS zarbasi oldidan AQSh bilan maslahatlashayotganini aytdi

Ukraina harbiy razvedkasi vakili HIMARSraketa tizimi zarbasi oldidan AQSh bilan maslahatlashuvlar o‘tkazayotganini ma’lum qildi.
Sputnik
TOShKENT, 2 avg - Sputnik. Amerikaning HIMARS raketa tizimi yordamida zarba berishdan oldin Kiyev mumkin bo‘lgan nishonlarni Vashington bilan muvofiqlashtirmoqda, dedi Telegraph nashriga bergan intervyusida Ukraina Mudofaa vazirligi razvedka boshqarmasi vakili Vadim Skibitskiy.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu tizimlardan foydalanishda ukrainaliklar “real vaqt rejimida olingan ma’lumotlar”ga asoslanadi. Uning ta’kidlashicha, amerikaliklar to‘g‘ridan-to‘g‘ri nishon koordinatalari haqidagi ma’lumotlarni bermaydilar.
“Skibitskiy.raketa uchirilishi arafasida har ikki davlatning razvedka xizmatlari vakillari o‘rtasida maslahatlashuvlar darajasi borligini ta’kidladi. Bu esa Vashingtonga, nishondan qoniqmagan taqdirdan, har qanday ehtimoliy hujumlarni to‘xtatish imkonini beradi", - deb yozadi gazeta razvedka xodimiga tayanib.
Skibitskiy Britaniya va Amerika sun’iy yo‘ldoshlari Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan o‘qqa tutish vaqtida foydalaniladimi yoki yo‘qmi, degan savolga javob bera olmadi, ammo ularda "juda yaxshi suratlar" borligini bildirdi.
"Biz Buyuk Britaniyadagi hamkorlarimiz bilan bu sohada yaxshi hamkorlik qilmoqdamiz. Bizga aloqador barcha razvedka idoralari bilan juda yaxshi aloqalarimiz bor", deb xulosa qildi Ukraina razvedkasi rasmiysi.
Eslatib o‘tamiz, 24-fevralda Donbassni himoya qilish bo‘yicha Rossiya maxsus harbiy operatsiyasi boshlanganidan so‘ng AQSh va uning NATOdagi ittifoqchilari Ukrainaga harbiy texnika yetkazib berish hajmini oshirdi. AQSh prezidenti Jo Bayden Kiyev rejimiga qariyb 40 milliard dollar miqdorida harbiy, iqtisodiy va gumanitar yordam ajratish haqidagi qonun loyihasini imzoladi.
O‘tgan hafta Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken bilan telefon suhbatida, AQShning Ukrainaga yetkazib berayotgan harbiy ta’minoti faqat mojaroni cho‘zishini, Kiyev rejimining iztiroblarini uzaytirishini va qurbonlar sonini ko‘paytirishini aytgan edi.