TOShKENT, 31-iyul — Sputnik. Rossiyaning Vladivostok shahrida o‘tayotgan VII “Osiyo bolalari” sport o‘yinlari doirasida o‘zbekistonlik yunon-rum kurashchilar o‘z ishtiroklarini yakunlashdi. Bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Husniddin Abdukarimov O‘zbekiston jamoasiga “oltin” keltirdi. Sarvar Jumayev Seyman Aslanov va Nurmuhammad Roziqovlar kumush medalga sazovor bo‘lishdi. Shohjahon Shavkatov esa “bronza” bilan kifoyalandi.
Ertaga o‘zbekistonlik kurashchi qizlar bellashuvlarga kirishishadi.
Shu tariqa “Osiyo bolalari” xalqaro sport o‘yinlarida hozircha O‘zbekiston terma jamoasi hisobida 18 ta medal, ya’ni 5 ta oltin, 7 ta kumush va 6 ta bronza bor.