TOShKENT, 25-iyul — Sputnik. O‘zbekiston hududlarining katta qismida haftaning birinchi yarimida quruq va juda issiq ob-havo saqlanib turadi. Kunduzi havo harorati +40...+43 daraja atrofida, janubda +45 darajagacha bo‘ladi, deya xabar berdi O‘zgidromet.
Qayd etilishicha, faqat O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy hududlariga Kaspiy dengizidan nisbatan salqin va biroz nam havo massasi tarqaladi. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatining ba’zi joylarida 25-26 iyul kunlari qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. Havo harorati +32...+37 darajagacha pasayadi.
Haftaning ikkinchi yarmida issiq ob-havo massasi O‘zbekiston hududidan chekinadi va respublika bo‘yicha harorat pasaya boshlaydi.
Hafta oxiriga kelib, nisbatan salqin havo massasi respublikaning barcha hududlarini qamrab oladi hamda ko‘pchilik viloyatlarda havo harorati +33...+36 darajagacha pasayadi, faqat eng chekka janubda +39...+41 darajaga yetadi.
25-27 iyul kunlari shimol, janub va cho‘l hududlarda, 28-29 iyulda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 17...22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlari bilan kuzatilishi mumkin.
25-28 iyul kunlari Qirg‘iziston hududidan Farg‘ona viloyatining tog‘oldi va tog‘li hududlari bo‘yicha: So‘x, Farg‘ona tumanlarida va So‘x, Shohimardon, Isfayramsoy darolarida glyatsial (muz) sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi ehtimoli bor.