TOShKENT, 25-iyul — Sputnik. Brussel bosh vazir Mario Dragi iste’foga chiqqanidan keyin Italiya Rossiyaning Yevropadagi “Troya oti”ga aylanishi mumkinligidan xavotirda. Bu haqida sharhlovchi Bernardo de Migel Ispaniyaning “El País” gazetasi uchun maqolasida yozgan.
“Yevropa Ittifoqi poytaxtidagi qo‘rquv shundan iboratki, Italiya eng yaxshi holatda Moskvaga qarshi umumiy strategiyaning zaif bo‘g‘iniga, eng yomon holatda esa Rossiya prezidenti Vladimir Putin xizmatidagi Troya otiga aylanadi”, - deb yozadi de Migel.
Nashr mualliflarining tushuntirishicha, Brussel Italiyaning pozitsiyasidan xavotirda, chunki Rim Rossiya uglevodorodlari yetkazib berilishiga sezilarli darajada bog‘liq.
“Ba’zi italyan ommaviy axborot vositalari tarqatayotgan argumentlar Yevropaning Kremlga qarshi sanksiyalari faqat Yevropa Ittifoqi iqtisodiga zarar yetkazadi, lekin Rossiya harbiy qudratiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi, degan nazariyani ta’minlaydi”, - deyiladi xabarda.
De Migelning fikricha, Dragi iste’fosi bilan Brussel tirgaksiz, Kiyev esa qimmatli ittifoqchisiz qoldi.
Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan hafta Italiya bosh vaziri iste’foga chiqish qarorini tasdiqladi. Dragi Ukrainani “har qanday yo‘l bilan”, jumladan, qurol-yarog‘ yetkazib berish orqali ham qo‘llab-quvvatlashni yoqlagan.